«Barselona»ning sport direktori Pedri va Rafinyo Diasning 2026 yilgi «Oltin to'p» uchun nomzodlar ro'yxatida yo'qligini izoh berdi.
«Bu ro'yxatda ularning yo'qligi men uchun jahon miqyosidagi skandal. Afsuski, adolatsizliklar mavjud. Pedri kabi talantli o'yinchining ro'yxatga kirmasligini tushunmayapman», — dedi u El Mon a RAC1 dasturida.
O'tgan mavsumda Rafinyo barcha musobaqalarda 33 o'yin o'tkazib, 21 gol urdi va sakkiz golli uzatma berdi. Pedri esa 43 marta maydonga tushib, ikki gol urdi va 12 golli uzatma amalga oshirdi.
To'rt turdan so'ng «Barselona» Ispaniya chempionatida 12 ochko to'plab, birinchi o'rinda bormoqda.
«Barselona» Yamalning «Oltin to'p»ni yutishi kerak deb hisoblaydi
