«Barselona»ning sport direktori Deku Madridning «Atletiko» jamoasining hujumchisi Xulian Alvaresning o‘tmagan transferi haqida fikr bildirdi.
«Biz «Atletiko»ga maqbul taklif berdik, lekin javob kelmadi. Ular o‘yinchini sotishni xohlamadilar. Bir narsada davom etish mumkin emas. «Barselona» Xulianni «Atletiko»dan ketish istagini ochiq aytishga majburlamadi. Bu uning qarori edi», — dedi Deku El Mon a RAC1 dasturida.
Hozirgi mavsumda 26 yoshli argentinalik barcha musobaqalarda uchta o‘yinda ishtirok etdi va bitta golli uzatma berdi.
Xulian Alvaresning «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
