Gollandiyalik yarim himoyachi «Barselona»dan Frenki de Yong joriy qishgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida De Telegraaf xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Barselona» o'z futbolchisi uchun 50 million evro va 15 million evro bonus so'raydi. Hozirda klubning sport direktori Deku va prezidenti Joan Laporta de Yong uchun yangi jamoa izlamoqda. «Sine-granatoviylar» APL klublari yoki Saudiya Arabistoni ularning yarim himoyachisini sotib olishni xohlaydi, deb umid qilmoqda.
Yangi mavsumda 29 yoshli de Yong biror marta maydonga tushmagan. O'yinchi 2026 yilgi jahon chempionatida olgan jarohatini tiklayapti.
