«Barselona»ning qanot o'yinchisi Lamin Yamal birinchi marta kapitanlik tasmasini taqdi – bu voqea Chempionlar Ligasi doirasida «Feyenoord»ga qarshi o'yinda sodir bo'ldi. O'yin «ko'k-qizil»larning 5:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi, ispan yulduzi 77-daqiqada bitta gol urdi. Blaugranation xabariga ko'ra, 19 yoshli Yamal «Barselona» tarixida kapitanlik tasmasini taqib olgan eng yosh futbolchi bo'ldi. Oldingi rekord Boyan Krkichga tegishli bo'lib, u 20 yoshida bu sharafga ega bo'lgan.

Shu bilan birga, 13-sentabr, yakshanba kuni, Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa Levantega qarshi La Ligada safarda o'ynaydi.