«Betis» ga qarshi mag'lubiyatdan so'ng, «Real» bosh murabbiyi Jozef Mourinyo o'z futbolchilarini naiv deb atadi. Portugaliyalik mutaxassis, o'z shogirdlari raqiblaridan farqli o'laroq, hakamdan muayyan qarorlar ololmaganligini ta'kidladi. Chempionlar ligasi boshlanishidan oldin, Mourinyo o'z so'zlari haqida izoh berdi.

«Bu, shuningdek, madaniy jihatdan ham savol. Ehtimol, mening «naiv» so'zim salbiy ma'noda qabul qilingan, lekin men buni tanqid sifatida aytmadim. Men faqat haqiqatni shunday tasvirladim. Va ertaga men nima nazarda tutganimni yaxshi tushunasiz. Siz buni juda oson tushunasiz», - deya Mourinyo so'zlarini keltirmoqda Goal.

«Real» seshanba kuni «Inter» ga qarshi uyda o'ynaydi.