«Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappe 2026 yilgi «Oltin to'p» uchun ovoz berishda jiddiy da'vogarlik qilmoqda. Bu haqda L’Equipe nashrida ma'lumot berilgan.
Manba shuni ta'kidlaydiki, shaxsiy yutuqlar ovoz berishdagi asosiy mezon hisoblanadi va Mbappe bu borada kuchli dalillarga ega. Fransuz hujumchisi Ispaniya La Ligasi, Chempionlar ligasi va jahon chempionatida eng ko'p gol urgan futbolchi bo'ldi.
O'tgan yili «Oltin to'p»ni boshqa bir fransuz hujumchisi Usmon Dembele qo'lga kiritdi. Yana bir yil oldin esa ushbu nufuzli mukofotni Rodrigo yutgan edi.
Shuni ham qo'shish joizki, o‘tgan yili «Oltin to'p» uchun ovoz berishda Kilian Mbappe yettinchi o'rinni egallagan.
