So'nggi kunlarda «Barselona» «PSJ»dan Fabian Ruiz bilan bog'lanmoqda. «Ko'k-qizillar» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ruizning transferini ma'qulladi, u o'z vataniga qaytishni xohlaydi.
Biroq, yarim himoyachi Pedri Ruizni qo'shib olishga qarshi chiqdi. Bu haqda El Nacional Le Parisien manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Ma'lum bo'lishicha, Pedri va Ruiz o'rtasida o'zaro tushunmovchilik mavjud. Aynan Fabian Pedrini Ispaniya terma jamoasida ikkinchi o'ringa surib qo'ygan.
30 yoshli Fabian Ruiz Transfermarkt portalida 30 million evroga baholanmoqda. O'yinchining «PSJ» bilan shartnomasi yaqinda 2028 yilning o'rtalarigacha uzaytirilgan.
