«Barselona» jamoasining darvozaboni Mark-Andr ter Shtegen kelasi yili klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Nemis futbolchisiga yana turk «Beshiktosh» jamoasi qiziqish bildirmoqda. Ular o‘tgan yozda ham uni o‘z safiga qo‘shishga harakat qilishgan edi.

Diario Sport nashrining xabariga ko‘ra, tomonlar muzokaralarni qayta boshlagan. Gap ijaraga olish haqida ketmoqda, bu shartnoma yanvardan kuchga kirib, mavsum oxirigacha davom etadi.

Bundan tashqari, 33 yoshli darvozabon haqida Angliya Premer-ligasidagi bir qator klublar, jumladan «Manchester Yunayted» va Fransiyaning «Monako» jamoasi ham ma’lumot so‘ragan. Transfermarkt saytining bahosiga ko‘ra, Mark-Andr ter Shtegenning narxi 8 million yevroga teng.

Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Shunday qilib, futbolchining kelajagi haqida qaror qabul qilish jarayoni davom etmoqda va u yangi mavsumda boshqa klubda o‘ynashi mumkin.