Yarim himoyachi Dani Sebalyos «Betis»ga qaytmoqda.

30 yoshli ispaniyalik o'zining tarbiyalangan klubi bilan faoliyatini davom ettiradi. Mashhur insayder Fabrizio Romano o'z sahifalarida yozishicha, tomonlar uch yil muddatga mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi - kelishuv 2029 yilning iyunigacha amal qiladi. Sebalyos «Betis»ga «Real»dan ketganidan so'ng erkin agent sifatida qo'shiladi.

Sebalyos «Betis» akademiyasidan o'tgan va asosiy jamoada 2017 yil yozigacha o'ynagan, shundan so'ng «Real»ga o'tgan. Madridliklar safida yarim himoyachi barcha musobaqalarda 200 dan ortiq o'yin o'tkazgan.