Katoloniyaning «Barselona» jamoasi Ispaniya chempionatining uchinchi turida «Rayo Valkano»ni katta hisobda mag'lub etdi va daniyalik markaziy himoyachi Andreas Kristensenning yubileyini munosib tarzda nishonladi. U o'yinda 90 daqiqa maydonda bo'lib, «Barselona» safida o'zining 100-matchini o'tkazdi.
Kristensen 2022 yilda katoloniyalik superklubga qo'shildi. O'sha paytda klubni Xavi Ernandes boshqarardi. Xavi davrida Kristensen ancha ko'proq o'ynagan - bu 100 o'yinining 74 tasi aynan Xavi ostida o'tkazilgan. Flick davrida esa Kristensen o'tgan ikki mavsumda 24 o'yinda qatnashdi, hozirgi mavsumda esa yana ikki marta maydonga tushdi.
