Germaniya milliy terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubining sobiq futbolchisi Lotar Matteus «Zolotoy myach» mukofotini topshirish marosimi haqida fikr bildirdi.

«Katta shovqin ikkita futbolchi – bu Yamal va Mbappe sababli ko'tarildi. Men Keyn yoki Olise tomonidan shovqinli bayonotlar eshitmadim. Rodri juda aqlli yigit va u bu mukofotni allaqachon qo'lga kiritgan. U ham sukut saqlamoqda», - deya Matteusning so'zlarini keltiradi Sport1.de.

Eslatib o'tamiz, «Zolotoy myach» mukofotini topshirish marosimi 26-oktyabrda Londonda (Angliya) bo'lib o'tadi.

O'tgan yili ushbu nufuzli mukofotni «PSJ» va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Usmon Dembele qo'lga kiritgan.