Ispaniyaning «Sevilya» klubi yangi murabbiyi Luis Garcia Plasa o'z jamoasi o'yinchilari uchun yangi muloqot qoidalarini joriy etdi. Bu qoidalar, har bir o'yindan oldin pressa bilan muloqot qilish jarayoniga taalluqlidir.
Agar avval bunday sharhlarni klub kapitanlari berib kelgan bo'lsa, yangi murabbiy har bir o'yindan oldin buni navbatma-navbat har bir futbolchi amalga oshirishi kerakligini belgiladi.
Mutaxassisning fikricha, bu har bir futbolchiga o'z fikrini bildirishi va o'zining ahamiyatini his qilishi uchun imkoniyat yaratadi.
Hozirda «Sevilya» La Ligada kutilmagan darajada yuqori, beshinchi o'rinda joylashgan.
