Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jamoadagi vaziyat haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
So‘nggi o‘yinda “Rayo Vallecano”ga qarshi durang natija (0:0) qayd etilgach, ommaviy axborot vositalarida “Real” futbolchilari murabbiy Xabi Alonso bilan kelishmovchiliklari haqida mish-mishlar tarqaldi. Mbappe bu borada shunday dedi: “Alonso bilan jamoa o‘rtasidagi munosabatlar haqida nima eshitmoqchisiz?
Matbuotda doim shov-shuv ko‘tariladi, ayniqsa “Real” mag‘lub bo‘lganda. So‘nggi ikki o‘yinda g‘alaba qozona olmadik, o‘yinimiz yaxshi bo‘lmadi va buni o‘zimiz ham anglaymiz.
Endi esa xalqaro tanaffusdan keyin “Elche”ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonishga qat’iy niyatdormiz. Vaziyat mukammal deb bo‘lmaydi, lekin biz La Ligada yetakchimiz va Chempionlar Ligasi guruhida sakkizlikka kirganmiz.
Jamoa barcha kuboklarni qo‘lga kiritishga intilmoqda.” “Real” va “Elche” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 23 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.