Joan Laporta, Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidenti, argentinalik hujumchi Lionel Messining "ko‘k-binafsha" jamoasiga qaytishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Leo bilan bo‘lgan holatlar ular xohlaganidek kechmadi. Messining "Barselonaga" qaytishi haqidagi gap-so‘zlar hozircha o‘rinli emas.

Lionel Messi "ko‘k-binafsha" jamoasining akademiyasida tarbiyalangan. U 2005 yildan 2021 yilgacha "Barselona"ning asosiy jamoasida to‘p surgan.

Hozirda Messi Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi MLS ligasida "Inter Mayami" klubida o‘ynamoqda. Uning hozirgi jamoa bilan tuzgan shartnomasi 2028 yil oxirida tugaydi.

Shu sababli uning "Barselonaga" qaytishi borasidagi munozaralar hozircha mavzudan tashqarida hisoblanadi.