Brusselning «Anderlext» jamoasining yarim himoyachisi Natan Saliba Ispaniya chempionatida faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, kanadalik futbolchining yangi jamoasi «Vilyarreal» bo'ladi. «Sariq suv osti kemasi» futbolchini 15 million evroga sotib oladi. Yaqin orada Saliba tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng mehnat shartnomasini imzolaydi.

Natan o'zining belgiyalik jamoasida o'tgan yilning yozidan beri o'ynaydi. Undan avval u «Montreal» jamoasida to'p surgan.

Joriy mavsumda Saliba beshta uchrashuvda qatnashdi, ammo gol urish bilan ajralib turmadi.