Markaziy yarim himoyachi «Barselona» Pedyro Rodriques klub bilan yangi to'rt yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda Barca Universal xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, yaqin kunlarda rasmiy e'lon kutilyapti. Pedyro hali «Barselona» asosiy jamoasida debyut qilmagan va ikkinchi jamoada o'ynaydi. U yaqinlashayotgan «Tudelano» bilan o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.

Yangi mavsumda 18 yoshli Pedyro Rodriques uchta uchrashuvda ishtirok etdi, ammo natijali harakatlar bilan ajralib turmadi.

«Barselona» asosiy jamoasi «La Liga» turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda, jamoa 21 ball to'plagan holda yettinchi turdan keyin birinchi o'rinda turibdi.