Fransuz sobiq futbolchisi Luis Fernandes «uch rangli» va Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappening o'yin darajasi haqida fikr bildirdi.
«Mbappe – katta futbolchi. Lekin men uni dunyodagi eng yaxshisi deb atay olmayman. Kilian maydonda ko'p narsalarni bajara oladi, bu esa Madridning «Real» klubida isbotlangan. U natija beradigan futbolchi. Men har doim uni markaziy hujumchi sifatida tasavvur qilardim. Uning himoyadagi o'yini? Messi ham 90 daqiqa davomida yugurmasdi. U qachon to'pni olish va gol urish kerakligini bilardi» - deydi Fernandes so'zlarini Marca gazetasi yetkazmoqda.
Hozirgi Ispaniya chempionatida 27 yoshli hujumchi yetti uchrashuvda ishtirok etdi. Fransuz bombardiri o'z hisobiga yetti gol va ikki assist yozdirgan.
