Ispaniyalik murabbiy «Aston Villa» Uney Emari La Ligada «Real» va «Barselona» o'rtasidagi farqning ortib borishi haqida fikr bildirdi.

— Farq oshmoqda, chunki moliyaviy adolat tizimi bunga imkon beradi. «Real» va «Barselona» milliardlar ishlab topa olishadi. Lekin «Atletiko» 500-600 million, boshqa klublar esa 150, 100 va undan kam pulga ega bo'lsa... Farq juda katta, — deydi Emari Diario de Sevilla ga bergan intervyusida.

Hozirgi kunda «Barselona» Ispaniya La Ligasida 21 ochko to'plab, turnir jadvalining yuqorisida turibdi. «Real» esa 15 ochko bilan to'rtinchi o'rinda.

Shuni ta'kidlash kerakki, so'nggi 20 yil ichida Ispaniya chempionligi faqat ikki marta «Real» va «Barselona» dan tashqari qo'lga kiritilgan — har ikki marta unvonni «Atletiko» qo'lga kiritgan.