«Barselona» yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin beshta futbolchini qo'yib yuborishi mumkin.
Bu futbolchilar – Frenki de Yong, Mark Kasaado, Ektor Fort, Alehandro Balde va Jule Kunda. Bularning barchasi boshqa klublarga o'tishi mumkin, chunki ularga qiziqish mavjud, deb xabar beradi jurnalist Xose Alvares.
De Yongga bo'lgan qiziqish oxirgi paytlarda «Manchester Siti» bilan bog'lanmoqda, Kasaadoni Saudiya Arabistoniga ko'chishi mumkinligi aytilmoqda, Fortga esa «Real Sosiadad» va «Borussiya» Dortmund talabgor. Balde esa «Manchester Yunayted» bilan bog'lanmoqda, Kunda ham Premier Ligasi klublari tomonidan kuzatilmoqda.
«Barselona» La Ligadagi chiqishini «Elche» ustidan 5:0 hisobida katta g'alaba bilan boshladi.
