«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik o'z o'yinchilaridan biri bilan suhbatlashdi. Gap, asosiy tarkibda o'z o'rnini yo'qotgan o'ng himoyachi Jules Kounde haqida bormoqda.

Flik Koundega to'liq ishonchini yo'qotmagan, lekin fransuzning tezda o'z o'yinini yaxshilashi zarur, aks holda u jamoada qololmaydi. Bu haqda El Nacional nashriga tayanib, L’Equipe xabar bermoqda.

«Murabbiy shaxsan Kounde bilan suhbatlashdi va agar u davom etsa, Flik uni himoya qila olmaydi, degan ma'noni berdi. Boshqacha qilib aytganda, «Barselona» oxir-oqibat uni transferga qo'yadi», - deyiladi xabarda.

Flik bilan bo'lgan suhbat 27 yoshli Kounde uchun motivatsiya bo'lishi kerak.