«Barselona» ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qildi. Katalon klubi sobiq futbolchisi – Zlatan Ibragimovichni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi. Shved futbolchiga shanba kuni 45 yosh to'ldi.
«Tug'ilgan kuning bilan, Ibra», - deyiladi e'lon matnida. «Barselona» shuningdek, Zlatanning Ispaniya superkubogi bilan tushgan eski fotosuratini ham ko'rsatdi.
O'z vaqtida «Barselona» safida Zlatan Ibragimovich 46 ta rasmiy o'yin o'tkazdi. U bu o'yinlarda 22 gol urdi va 13 golga uzatma berdi.
«Barselona» hozirda Ispaniya chempionatining turnir jadvalida birinchi o'rinda turibdi – jamoa barcha yetti o'yinini g'alaba bilan yakunlab, 21 ochko to'plagan.
