«Barselona» rahbariyati jamoaning markaziy himoyachisi Jerar Martin bilan yangi mehnat shartnomasini taklif etishni rejalashtirmoqda. Bunga Barca Universal manbasi RadioMARCAga tayanib xabar bermoqda.
Martin 2023 yilda «Barselona»ga qo'shildi. Klub qanot himoyachisi uchun atigi 100 ming evro to'lagan. Biroq, keyinchalik «ko'k-qizillar» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Martinni markaziy himoyachiga aylantirdi.
Ushbu mavsumda 24 yoshli ispaniyalik La Ligada oltita o'yinda qatnashdi, ulardan beshta asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Martin bilan «Barselona» o'rtasidagi joriy shartnoma 2028 yil yozida tugaydi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 25 million evro.
