Himoyachi Joao Kanselu Kataloniya klubiga qaytishi haqida fikr bildirdi.
- Men faqat Barselonaga qaytishni xohlagan edim. Bu safar men haqiqatan ham bolaligimdagi orzuni amalga oshirdim, - dedi Kanselu taqdimotida.
20-avgust kuni Kataloniya klubi 32 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolagani haqida rasmiy ravishda e'lon qildi. Kanselu bilan mehnat shartnomasi 2029-yil yozigacha amal qiladi.
Oldinroq Kanselu «Barselona»da ijarada o'ynagan. U jami 65 o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 9 ta assist berdi.
Portugaliyalik futbolchining oxirgi klubi saudiyalik Al-Xilal edi.
