Hujumchi Gabriel Jezus «Barselona»ga o'tganidan so'ng, qaysi yosh futbolchi uni eng ko'p hayratga solganini aytdi. Braziliyalik 20 yoshli yarim himoyachi Brajan Fariniasni ajratib ko'rsatdi.
«Ko'pchilik Laminya Yamal, Gavi va Pedrini biladi, lekin Farinias haqida ko'pchilik bilmaydi. Men uni mashg'ulotlarda ko'raman va unda ajoyib sifatlar borligini sezaman. O'ylaymanki, uning katta kelajagi bor», - deya Jezusning fikrlarini keltiradi Barca Universal.
Farinias «Barselona»ning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning hisobida Kataloniya jamoasining zaxira tarkibida 42 o'yin (5 gol, 8 assist) mavjud, lekin u hali asosiy jamoa safida maydonga tushmagan.
