Madriddagi Realning yangi o'yinchisi Yann Diomande, Krishtianu Ronaldu uning futboldagi qahramoni ekanligini aytdi.
- Krishtianu Ronaldu - mening qahramonim. Uning yurishi, uning aurasi... Men qahramonim o'ynagan klubda o'ynashimdan g'ururlanaman, - deydi Diomande The Touchline'ga bergan intervyusida.
Diomande Realga «RB Leypsig»dan avgust oyining boshida o'tdi. Madrid klubi futbolchi uchun 125 million evro to'lagan, yana 15 million evro bonus sifatida berilishi rejalashtirilgan. Ivoriyalik futbolchining shartnomasi 2033 yil yozigacha davom etadi.
Ronaldu 2009 yildan 2018 yilgacha Realning ranglarini himoya qilgan va madrid klubining tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi.
