«Real» Purtu klubining yarimhimoyachisi Viktor Froxoldtga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda Sport.es sahifalarida xabar berilgan. 20 yoshli futbolchining Purtu bilan tuzilgan shartnomasida 85 million evro miqdorida tovon puli ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Purtu prezidenti Andre Vilyash-Boashning Madridga tashrifi ushbu kelishuvga qiziqish uyg‘otdi. Biroq, uning safarining Froxoldt bilan muzokaralar bilan bog‘liq ekanligi haqida hozircha ma'lumot yo‘q.

Daniyalik yarimhimoyachi 2025 yil yozida 20 million evro evaziga Kopengagendan Purtuga o‘tdi. O‘tgan mavsumda u sakkiz gol urdi va yetti assist berdi. Futbolchining portugaliyalik klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.