Madriddagi Real markaziy himoyachisi Raul Asenxio jamoaning sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan ishlashini esladi.

Italiyalik mutaxassis Realni 2021 yildan 2025 yilgacha boshqargan, keyinchalik Braziliya terma jamoasi boshlig'i lavozimiga o'tdi.

«Anchelotti – ajoyib inson. U men uchun faqat murabbiy emas. U menga ishonib, o'z qanoti ostiga oldi va: «Sen biz bilan qolasan» dedi [birinchi jamoada]. U menga nimalar qildi, hech qachon unutmiman», – dedi 23 yoshli futbolchi AS bilan suhbatda.

Karlo Anchelotti ketganidan so'ng, Raul Asenxio uchun Realda ishlar yaxshi ketmayapti: futbolchi asosiy tarkibda o'rnini yo'qotdi va yaqinda operatsiya o'tkazib, yil oxirigacha maydondan chetlatildi.