Yarim himoyachi «Real» va Fransiya terma jamoasi a'zosi Orelyen Tchuameni 2026 yilda «Zolotoy myach»ni kimlarga berishni xohlayotganini aytdi.

Fransuzning ro'yxatiga uchta hamyurti kiritilgan.

- Bu qiyin savol, chunki ko'pchilik mukofotga loyiq. Kilian Mbappe ajoyib mavsum o'tkazdi va menimcha, u bunga loyiq. Shuningdek, Usman Dembele ham «PSJ»da ko'rsatgan o'yinidan so'ng, yana Chempionlar ligasini yutganidan keyin. Yana Maykl Olise bor. Albatta, «Zolotoy myach» Fransiyaga qaytishi kerak, - deydi futbolchi France 24 ga.

«Zolotoy myach» egasini 26 oktyabrda e'lon qilinadi. Ko'plab mutaxassislar fikriga ko'ra, asosiy nomzod sifatida «Bavariya» hujumchisi Garry Keyn ko'rsatilmoqda.