Gruziyalik hujumchi «Vilyarreal»dan Jorj Mikautaadze «Barselona»ga o‘tishi mumkin edi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, «Barselona» 25 yoshli futbolchi uchun so‘rov yuborgan, ammo «Vilyarreal» 70 million evro talab qilgan. “Ko‘k-qizillar” yuqori narx tufayli bitimdan voz kechgan.

O‘tgan yozda «Vilyarreal» Mikautaadzeni «Lion»dan 31 million evroga sotib olgan. Ispaniya klubida hujumchi barcha musobaqalarda 43 uchrashuvda qatnashib, 15 marta raqib darvozasi maqsadiga yetgan va yetti assist qayd etgan.

Mikautaadzening «Vilyarreal» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.