Madriddagi Realning yarim himoyachisi Orelien Tchuameni jamoaning hozirgi mavsumdagi muvaffaqiyatini kutmoqda.
«Slevichlar» o‘tgan mavsumda trofeysiz qoldi. Yozda bosh murabbiylikka Joze Mourinyo tayinlandi.
«Mavsum oxirida nimalar bo‘lishini ko‘ramiz. Bu safar Real albatta trofey yutishi kerak. O‘tgan mavsumda shunday bo‘lgandi, kelgusi mavsumda ham shunday bo‘ladi, chunki bizning klubimiz – eng buyukidir. Biz har doim g‘alaba qozonishimiz kerakligini bilamiz, lekin so‘nggi yillarda, afsuski, bu amalga oshmadi», – deydi Tchuamenining so‘zlarini Actu Foot keltirmoqda.
Real hozirgi La Liga musobaqasida yetakchi Barselonadan olti ochko ortda qolmoqda.
