«Barselona» Madridning «Atletiko» klubining hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olish g‘oyasidan voz kechmayapti.

Kataloniyaliklar bu yozda argentinalik futbolchini transfer qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, chunki «matraschilar» muzokaralar olib borishni istamayapti. Biroq, Barca Universal xabariga ko‘ra, jurnalist Samuel Marsdenning ma'lumotlariga ko‘ra, «Barselona» Alvaresni sotib olish rejasidan voz kechmaydi: yangi urinishlar yanvarda, qishki transfer oynasi ochilganda amalga oshirilishi mumkin.

Xulian Alvaresning bozor qiymati Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, 120 million evroni tashkil etadi. 26 yoshli hujumchining «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha davom etadi.