2023-yil 8-oktabrda «Barselona» hujumchisi Lamin Yamal asosiy jamoada birinchi golini «Granada»ga qarshi o'yinda urdi. Ushbu Ispaniya chempionati uchrashuvi 2:2 hisobida yakunlandi.

«Granada»ga qarshi uchrashuvda 16 yoshli Yamal boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi va 76 daqiqa o'ynadi. U 45-daqiqada gol urib, «Barselona» tarixida La Ligada eng yosh gol urgan futbolchiga aylandi.

O'sha paytdan beri Yamal barcha musobaqalarda 159 o'yin o'tkazdi, 56 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 57 ta golli uzatmalar amalga oshirdi.

Hozirda Yamal Transfermarkt versiyasiga ko'ra, dunyodagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. Uning narxi 220 million evro deb baholanmoqda.