Madridning «Real» himoyachisi Raul Asensio haydovchilik huquqidan mahrum etilishi haqida fikr bildirdi.
Futbolchining so'zlariga ko'ra, u qiyin davrni boshdan kechirdi. Shuningdek, u jiddiy xato qilganini tan oldi.
«Men uzr so‘radim va uzr so‘rashda davom etaman. Mening yoshim 23da. Bunday yoshda har kim xato qilishi mumkin, lekin men qayerda ekanligimni tushunishim kerak. Men «Real»da o'ynayapman, shuning uchun bunday xato takrorlanmasligi kerak. Men buni tuzatishni va ushbu klub bilan yutuqlarni qo'lga kiritishni orzu qilaman», — deydi Asensio Madrid Universal nashriga bergan intervyusida.
Hozirgi mavsumda himoyachi birorta o'yinda qatnashmadi, chunki u jarohat tufayli chetlatilgan.
