«Xetafe» jamoasining bosh murabbiyi Xose Bordalas, «Alaves» bilan o'yinda hakam Manuel Xesus Oreyana haqorat qilgani uchun intizomiy jazodan qochdi. Yangi La Liga mavsumining birinchi turida o'tkazilgan o'yin «Alaves» ning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Bordalas, jamoasi birinchi bo'lim oxirida kamchilikka uchraganidan keyin faol ravishda norozilik bildirdi. Kameralar murabbiyning Oreyana «qorqoq» deb ataganini va nojo'ya harakat qilganini qayd etdi, shundan so'ng u ogohlantirish oldi, deya xabar beradi Mundo Deportivo.
Ispaniya hakamlari ittifoqi ushbu epizodni ko'rib chiqdi, ammo oxir-oqibat yuqori instansiyalarga shikoyat qilishga qaror qilmadi. Shunday qilib, murabbiy 2 dan 4 o'yinga qadar bo'lishi mumkin bo'lgan diskvalifikatsiyadan qochdi.
