Luis Enrike uchun og'ir sinov: uning qizi Sira Martines halokatli avtomobil to'qnashuviga uchradi, deb xabar beradi forzaroma.info. Qiz avtomobil ichida bo'lgan va mototsikl bilan to'qnashgan. Mototsikl haydovchisi — 20 yoshli yigitni qutqarish imkoni bo'lmadi, ammo Sira o'zi jarohat olmadi.

Avariya 8-oktabr, payshanba kuni, kechki soat 20:00 atrofida Valensiya viloyati yaqinidagi N-332 yo'lida sodir bo'lgan. Avtomobilni 41 yoshli Buyuk Britaniya fuqarosi boshqargan. Favqulodda xizmatlarning harakatlariga qaramay, to'qnashuv mototsikl haydovchisi uchun halokatli bo'ldi.