Bu yozda Alejandro Grimaldo Madridning «Atletiko» klubiga o'tdi. 13-avgust, payshanba kuni, o'yinchining taqdimoti bo'lib o'tdi, unda jahon chempioni Ispaniya terma jamoasida o'ynagan Grimaldo bir nechta savollarga javob berdi. Xususan, Grimaldo «matraschilar» bosh murabbiyi Diego Simeone haqida o'z fikrini bildirdi.

«U juda maqsadga yo'naltirilgan. Men buni uning rahbarligida o'tgan dastlabki mashg'ulotlarda sezdim. U juda energiyaga to'la. Biz uning bilan juda o'xshash fikrlaymiz. Men ishonaman, biz birga ishlaymiz va ushbu klub bilan chempionlik unvonlarini qo'lga kiritamiz», - dedi Grimaldo.

U 19-avgustda poytaxt klubida debyut qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ispaniya chempionatining birinchi turida «Atletiko» Malaga bilan o'ynaydi.