Jozef Mourinyo boshqaruvidagi «Real Madrid»da hech bir futbolchi asosiy tarkibda o'z o'rnini ishonch bilan his qila olmaydi. The Touchline'ning El Debate'ga asoslangan xabariga ko'ra, Maxsus murabbiy jamoada yuqori darajadagi raqobatni ta'minlash uchun reja tuzgan. Mourinyo, shunday qilib, «Real»ni mag'lub etish qiyin bo'lgan jamoaga aylantirishni maqsad qilgan.

Hech kimga asosiy tarkibda joy kafolatlanmagan: har bir o'yinchi o'z pozitsiyasida kamida ikki to'g'ridan-to'g'ri raqibga ega bo'ladi. Agar kimdir o'zini ko'rsata olmasa, Mourinyo darhol o'ychini zaxiraga yuboradi.

Shunday qilib, Kilian Mbappe, Vinisius Junior va Jud Bellingham kabi yulduzlar ham o'zlarini bo'sh his qila olmaydilar.