«Vilyarreal» ustidan 1:0 hisobida erishilgan minimal g'alabadan so'ng, Realning bosh murabbiyi Jozef Mourinyo matbuot anjumaniga kelmadi. Portugaliyalik murabbiy seshanba kuni o'tkazilgan matbuot anjumanida o'sha kechada bo'lib o'tgan o'yin haqida kengroq fikr bildirmadi.
- Shanba kuni o'yin haqida nima deya olasiz?
- Hech narsa, hech narsa. Oldinda Chempionlar ligasi o'yini bor, shuning uchun chempionatdagi o'yin haqida hech narsa ayta olmayman.
- Siz g'azablangan edingizmi?
- Men sizning hamkasbingizga aytganimdek, bu haqda fikr bildirmoqchi emasman. Bu kabi savollar oxirgi bo'lishi uchun harakat qilaman. Sizga taklif qilaman, faqat Vilyarrealga qarshi o'yinning birinchi daqiqasini ko'ring. Agar xohlasangiz, shanba kuni muhokama qilamiz. Tahlil qilish uchun birinchi daqiqani ko'rish kifoya… - deya Mourinyo so'zlarini keltiradi «Gazeta.Ru» AS manbasi bilan.
14-oktabr, chorshanba kuni, «Real» Romaga qarshi Chempionlar ligasi o'yinida mehmon bo'ladi.
