Madriddagi Real va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Dani Karvahal yangi klubga o'tdi. Tajribali lateral Xetafe bilan ish shartnomasini imzoladi.

Jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, erkin agent klub bilan La Ligada qisqa muddatli shartnoma tuzdi, bu shartnoma 2027 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.

Karvahal 2013 yildan 2026 yilgacha «qirollik» klubining ranglarini himoya qildi. 2025/2026 yilgi mavsum oxirida himoyachi madridlik jamoani tark etdi.

Ispaniya chempionatining sakkiz turidan so'ng Xetafe sakkiz ball to'plab, turnir jadvalida 14-o'rinda turibdi.