Hujumchi «Barselona»dan Ferran Torres «Valensiya»ga bo'lgan his-tuyg'ulari haqida gapirdi. U o'z karerasini aynan «qushlar» safida boshlagan, keyin esa «Manchester Siti»ga o'tgan. 2022 yilning boshida forvard «sin-granat»lar safini to'ldirdi.

«Men «Valensiya» muxlisiman va kelajakda u yerda yana o'ynashni xohlayman. Qachonligini bilmayman, lekin bu meni juda xursand qiladi. Men uchun «Mestaliya» Ispaniyadagi eng yaxshi stadion, boshqa stadionlardan katta farq bilan. U buzilganda, men ehtimol yig'layman», – deydi Ferran The Touchline'ga bergan intervyusida.

Hozirgi kunda Torres «PSJ»ga o'tishga yaqin – transfer tez orada amalga oshishi mumkin.