Ispaniyada «Barselona» va «Xetafe» o'rtasidagi La Liga o'yinida ishlagan hakam Xesus Xilya Mansano so'zlari muhokama qilinmoqda.

Uchrashuv o'tgan shanba kuni bo'lib o'tdi va «sine-granatoviylar» (3:0) g'alabasi bilan yakunlandi. Madrid Universal xabariga ko'ra, oxirgi sirena chalining so'ngida hakam Kataloniyaning buyuk jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flikka murojaat qilgan.

– Tabriklayman. Chempionlar Ligasida sizga omad tilayman. Sizlar chorshanba yoki seshanba kuni o'ynaysizlar?

– Seshanba kuni, – deb javob berdi nemis murabbiyi.

– Omad tilayman.

Xabar manbasi shuningdek, Xilya Mansano «Barselona» darvozaboni Joan Garciyadan tizzasi holati haqida so'raganini qayd etadi.

Flik jamoasi Galatasarayni Chempionlar Ligasida (4:1) mag'lub etdi va shanba kuni «Betis» bilan La Ligada uchrashadi.