Yarim himoyachi Gavi har bir o'yindan oldin onasidan oladigan maslahatlari haqida gapirdi.
22 yoshli futbolchi o'zining agressiv o'yin uslubi va portlovchi xarakteri bilan tanilgan.
«Har bir o'yindan oldin onam menga aytadi: «Ehtiyot bo'l, hech qanday janjallarga aralashma». Men har doim uni tinchlantirishga harakat qilaman va uning xavotirlanmasligi uchun hamma narsani qilaman», – deydi Gavi Managing Barca saytiga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda yosh ispaniyalik «Barselona»ning beshta o'yinida qatnashdi, ammo asosiy tarkibda faqat ikki marta maydonga tushdi.
Xans-Diter Flik jamoasining keyingi o'yini shanba kuni bo'lib o'tadi – raqib «Betis» bo'ladi.
