«Real» klubining rasmiy saytida yangi o'yinchilar tanlagan o'yin raqamlari haqida ma'lumotlar mavjud.

Chap himoyachi Mark Kukurelya 17-raqamni, markaziy himoyachi Ibraima Konate 16-raqamni, o'ng himoyachi Denzel Dyumfris esa 24-raqamni tanladi.

Yarim himoyachi Bernardu Silva 20-raqamli futbolka bilan maydonga tushadi.

Vinger Yan Diomande 25-raqamni, hujumchi Karlos Espi esa 19-raqamni tanladi.

Shuningdek, ilgari 17-raqamda o'ynagan Raul Asensio raqamini o'zgartirib, endi 2-raqamli futbolka kiyadi. Bu raqam Dani Karvaxal klubdan ketgach bo'sh qoldi.

Himoyachi Din Huyzen esa David Alabaning ketishidan foydalanib, 24-raqamni 4-raqamga o'zgartirdi. Hujumchi Endrik yana 9-raqam bilan ro'yxatga kiritildi – braziliyalik ijaradan qaytdi.