«Real» o'z saytida jamoaning payshanba kuni ertalab o'tkazgan treningi haqida ma'lumot berdi.

«Roma»ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinida asosiy tarkibda maydonga chiqqan futbolchilar tiklanish mashqlarini bajardilar. Boshqa futbolchilar esa mashg'ulotni maydonda isinish bilan boshladilar. Keyin jamoa to'p harakatlari va yugurish mashqlarini bajarishdi. Shundan so'ng to'pni nazorat qilish va pressing ustida ishlash, shuningdek, zarbalarni takomillashtirish ustida ishladilar.

Trening oxirida kichik maydonda ikki tomonlama o'yinlar o'tkazildi. Shundan so'ng, futbolchilar yana bir bor darvozaga zarba berish mashqlarini bajardilar.

«Real» Raul Asensio va Rodri gonning jarohatlardan tiklanish jarayonini davom ettirishini ta'kidladi.

«Real»ning yaqinlashayotgan o'yini 18-oktabrda «Sevilya»ga qarshi bo'ladi.