Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Vinisius Junyor bir necha kun oldin Ispaniya La Ligada to'rtta o'yin uchun diskvalifikatsiya olgan edi. Braziliyalik futbolchi «Vilyarreal»ga qarshi o'yinda raqibini sochidan tortgani uchun jazolandi.

The Touchline'ning xabariga ko'ra, «Real»ning Vinisiusning diskvalifikatsiyasiga bo'lgan apellyatsiyasi rad etildi. Qaror o'zgarishsiz qoldi – braziliyalik hujumchi chempionatning to'rtta o'yinini o'tkazib yuboradi.

Shunday qilib, Jozef Mourinyo Vinisius Junyorni «Sevilya» (18 oktyabr), «Barselona» (25 oktyabr), «Rasing» (1 noyabr) va «Valensiya» (7 noyabr) o'yinlarida hisobga olmaydi.