Madriddagi «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo hujumchi Viniyus Junior bilan shartnomani uzaytirishi haqida fikr bildirdi.

Braziliyalik futbolchining kelajagi uzoq vaqt davomida noaniq bo'lib qoldi. OAVda «Arsenal»ning unga qiziqishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan bo'lsa-da, Viniyus Madriddan ketmaslikka qaror qildi va «Real» bilan 2032 yilga qadar yangi shartnoma imzoladi.

- Eng muhim narsa - bu shartnomaning uzaytirilishi. Yangi kelishuv - bu nafaqat uning, balki bizning ham xursandchiligimiz uchun sabab, - deya Mourinyoning so'zlarini Fabrizio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida keltirgan.

Viniyus 2018 yildan beri madriddiklar safida to'p surmoqda, u «Flamengo»dan klubga o'tgan edi.