«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning La Ligadagi muvaffaqiyatlarini baholadi.
Kataloniyaliklar hozirgi mavsumda Ispaniya chempionatida o'zlarining barcha to'qqizta o'yinlarini g'alaba bilan yakunladi – bu 60-yillarning oxirida to'qqizta g'alaba bilan boshlagan Realning rekordini takrorladi.
– Siz tarixdagi eng yaxshi boshlanishni o'tkazyapsiz. Bunga qanday munosabatdasiz?
– Rekordlar yoqimli, lekin bizni u qiziqtirmaydi. Bizning maqsadimiz – kuboklarni qo'lga kiritish. Mavsum oxirida, unvonlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lamizmi, ko'ramiz, – dedi Flik matbuot anjumanida, uni The Touchline iqtibos keltirdi.
Shanba kuni «ko'k-qizil»lar mehmonlikda Betisni 5:2 hisobida mag'lub etdi.
