Rafinya Barselonada o'ynagan braziliyalik futbolchilar orasida 186 o'yin bilan beshinchi o'rinni egalladi. Ushbu natijaga u «Betis»ga qarshi (5:2) o'yinda ikkinchi bo'limda maydonga tushishi orqali erishdi.

Shunday qilib, u 2013-2017 yillarda «Barselona»da 186 o'yin o'tkazgan Neymar bilan tenglashdi. Rafinya 2022 yilda «Barselona»ga qo'shildi va hozirda 89 gol urdi, bu esa uni «Barselona» tarixidagi eng yaxshi 30 ta to'purarlar ro'yxatiga kiritdi.