«Barselona» hujumchisi Ferran Torres «PSJ» bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi.
Bu haqda jurnalist Floriyan Plettenberg o'z ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma'lum qildi. Endi «PSJ» va «Barselona» futbolchining transferi bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib borishadi. Tomonlarga kelishuvni to'liq amalga oshirish uchun vaqt kerak bo'lishi ta'kidlandi.
Torres «Barselona»da 2022 yil yanvaridan beri o'ynaydi. U avval «Manchester Siti» va «Valensiya» jamoalarida ham o'ynagan. Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha davom etadi, va o'yinchining bozor qiymati 55 million evro deb baholanmoqda.
