Lamin Yamal «Betis»ga qarshi o'yinda jarima maydonidan tashqaridan ajoyib zarba berib, hisobni ochdi. Bu gol uning joriy mavsumda, o'ynagan 9 ta o'yinida, 8-goliga aylandi.

Bu Ispaniya futbolchisi uchun klubining mavsumdagi dastlabki to'qqizta o'yinida eng yaxshi ko'rsatkich bo'lib, 2013/2014 yilgi mavsumda Diego Costadan keyin (8 gol) keladi. 21-asrda faqat bitta ispan futbolchisi bu bosqichda ko'proq gol urishga muvaffaq bo'lgan — 2008/2009 yilgi mavsumda «Valensiya»da o'ynagan David Villa.

Keyingi turda Ispaniya chempionatida «Barselona» Madridning «Real»iga qarshi o'ynaydi.